Долзарб мавзулар Foto

Murod Xonto`raevning otasi blogerlarga murojaat qildi (video)

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Video
Добавлено: 03.12.2018, 19:29

MMA jangchisi Murod Xonto`raev yana pichoqlangani va uni ahvoli haqida ma`lumot bergan edik.

U haqida tarqalgan mish-mishlarga oydinlik kiritish maqsadida “Sevimli” telekanalining “Zamon” dasturi ijodkorlari uning xonadoniga borib, ota-onasi bilan uchrashdi.

“O`g`limiz sog`-omon. Men blogerlarga gapirmoqchiman. Har xil gaplarni bilib bilmay gapirmaslik kerak. G`iybatning oqibatda jazosi bor. Oldin nima bo`lganini bilib olinglar, keyin yozinglar. Bilib-bilmay har narsani yozavermaslik kerak.

Hech kimga yomonligimiz yo`q, hammaning o`ziga insof bersin. O`sha bolalarga ham insof bersin. Qilgan ishlarinig oqibatlarini o`ylab ko`rishsin. Internetda yozilgan ko`p narsalar yolg`on. Travma olgan, lekin unaqa og`ir jarohatlari yo`q. O`sha kunning o`zida ko`chaga chiqib aylanib yurdi.

Yoshi ham katta bo`p qoldi, endi yoshlarga yo`l berishi kerak. Oladigan unvonlarini ham olib bo`ldi. Etadigan darajada. Endi urishishga ham uyat bo`lsa kerak.

Internetda tarqalgan video rost. Biz ularning kimligini bilmaymiz. Bostirib kirishgan. Bular organ odamlari deb qarshilik ko`rsatishmagan. Ular shundan foydalanib urib ketishgan. Og`ir jarohat etkazilmagan, kimligini bilmaymiz. Ichki ishlarimiz topib olsa kerak. Ularga ham yomonligimiz yo`q. Ota-onasini oldida bo`lsin. Kelajakda o`zini farzandlari katta bo`layapti, oqibatini o`ylab ko`rishsin”, - dedi Murod Xonto`raevning otasi intervyuda.


Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA