Ташкент +8° Tue 15:40
Долзарб мавзулар Foto

Aziz Abduhakimov olimpiada chempioni bilan blis o`yin o`tkazdi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Foto
Добавлено: 06.12.2018, 20:19

Turkiyada 24 noyabr – 3 dekabr kunlari o`tgan o`smirlar o`rtasidagi Jahon shaxmat olimpiadasida O`zbekiston terma jamoasi 9 imkoniyatdan 8 ochko jamg`arib, shohsupaga ko`tarilgan edi.

Mazkur Olimpiadada O`zbekiston o`smirlar terma jamoasining tarixiy g`alabasiga o`zining munosib hissasini qo`shgan xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov, xalqaro toifadagi sport ustalari Nodirbek Yoqubboev va Shamsiddin Vohidov O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg`asi – "Spark" avtomobili bilan taqdirlandi.

Marosimda so`zga chiqqan Nodirbek Abdusattorov ko`rsatilayotgan bunday e`tibor, g`amxo`rlik uchun o`z minnatdorchiligini bildirib o`tdi. Ushbu rag`batga javoban bundan keyin ham yuksak marralarni zabt etishga va`da berdi.

Taqdirlash marosimi yakuniga etganidan so`ng Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov va Nodirbek Abdusattorov o`rtasida shaxmat bo`yicha o`rtoqlik o`yini tashkil etildi. Do`stona ruxda kechgan uchrashuv durang hisobda yakunlandi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии