Ташкент +8° Tue 15:40
Долзарб мавзулар Foto

Avtomobilda yo`lovchi va yuk tashish elektron rasmiylashtiriladi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 06.12.2018, 20:34

Hukumat qarori bilan Avtomobil transportida yo`lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo`nalishlar bo`yicha tashish faoliyatini lisenziyalash to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

Qarorga ko`ra 2019 yil 1 apreldan boshlab lisenziya va lisenziya kartochkalarini elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi joriy etiladi.

Lisenziya cheklanmagan muddatga beriladi.

Bunda lisenziya talabgorining arizasiga ko`ra umuman faoliyat turiga yoki uning qismlariga beriladi.

Yo`lovchilarni tashish bo`yicha:

  • shaharda avtobuslarda;
  • shaharda mikroavtobuslarda;
  • shaharda engil avtomobillarda;
  • shahar atrofida avtobuslarda;
  • shahar atrofida mikroavtobuslarda;
  • shahar atrofida engil avtomobillarda;
  • shaharlararo yo`nalishlar bo`yicha avtobuslarda;
  • shaharlararo yo`nalishlar bo`yicha mikroavtobuslarda;
  • shaharlararo yo`nalishlar bo`yicha engil avtomobillarda;
  • xalqaro yo`nalishlar bo`yicha avtobuslarda;
  • xalqaro yo`nalishlar bo`yicha mikroavtobuslarda;
  • xalqaro yo`nalishlar bo`yicha engil avtomobillarda.

Yuklarni tashishda:

  • avtomobil transportida shaharda va shahar atrofida;
  • avtomobil transportida shaharlararo yo`nalishlar bo`yicha;
  • avtomobil transportida xalqaro yo`nalishlar bo`yicha.

O`zbekiston avtomobil transporti agentligi - O`zbekiston Respublikasida yo`lovchi va yuklarni xalqaro tashishga oid, Agentlikning hududiy boshqarmalari esa shahar, shahar atrofi, shaharlararo yo`lovchi va yuklarni tashishga oid lisenziya berish, uning amal qilishini to`xtatib turish yoki to`xtatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish to`g`risida qaror qabul qilish vakolatiga ega.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии