2018 yil 6 dekabr kuni soat 18 dan 18 daqiqa o`tganda Toshkent metrosining O`zbekiston yo`li "Mashinasozlar" bekatida birinchi yo`l bo`yicha harakatlanayotgan metro poezdi eshiklarining ochilib yopilishidagi havo tizimida nosozlik kuzatilganligi bois mazkur harakat tarkibi depoga olib kirildi.
"O`zbekiston temir yo`llari" matbuot xizmati xabar berishicha, ushbu vaqt mobaynida boshqa metro poezdlari Toshkent metro bekatidan aylantirilib harakat tashkil qilindi.
Nosozlik 15 daqiqada bartaraf etilib, mazkur yo`nalishdagi metro poezdlari belgilangan jadval asosida harakatini davom ettirdi.
Комментарии