Ташкент +8° Tue 15:40
Долзарб мавзулар Foto

Qaytimga kam baholi turli tovarlarning qaytarilishidan norozimisiz?

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 06.12.2018, 21:14

O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi va Markaziy bankining qo`shma murojaatini e`lon qildi.

2018 yiln iyul oyidan Markaziy banki tomonidan yangi namunadagi 50, 100, 200, 500 so`mlik tangalar muomalaga chiqarilgan.

“O`zbekiston Respublikasining “Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi Qonunining 21-moddasiga asosan sotuvchi (ijrochi) iste`molchini haq evaziga qo`shimcha tovarlar sotib olishga yoki qo`shimcha xizmatlardan foydalanishga qistashga, shuningdek ko`rsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emas. Shu sababli, xarid qilingan tovarlar bo`yicha qaytim o`rniga sotuvchi tomonidan kam baholi turli tovarlarning qaytarilishidan norozi bo`lsangiz Istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasining 1091 raqamli “ishonch telefoni”ga murojaat qilishingiz so`raladi”, - deyilgan murojaatda.

Tadbirkorlar diqqatiga esa, savdo do`konlari, supermarketlar, umumiy ovqatlanish korxonalari, dorixonalar, transport va maishiy xizmat ko`rsatish korxonalari xaridorlarga qaytim pullarini to`liq berishni ta`minlash maqsadida, mayda qiymatdagi tangalarni olish yuzasidan xizmat ko`rsatuvchi bank filiallariga murojaat qilishlari lozimligi aytilgan.

O`z navbatida, aholi bilan naqd pulda hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi xo`jalik sub`ektlari tijorat banklari orqali:

- bankdagi depozit hisobvaraqlaridagi mablag`lari doirasida mayda qiymatdagi tangalar bilan ta`minlab beriladi;

- banknot ko`rinishidagi naqd pul mablag`larini mayda qiymatdagi tangalarga almashtirib olishlari mumkin bo`ladi.

Tadbirkorlik sub`ektlari murojaatlariga asosan banklardan 50, 100, 200, 500 so`m qiymatdagi tangalarni olishda muammolar yuzaga kelganda, Markaziy bankka murojaat qilishlari mumkin.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии