Ташкент +8° Tue 15:40
Долзарб мавзулар Foto

Bayram arafasida poytaxtga kondisionerli avtobus keltirildi

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 06.12.2018, 21:35

“Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati Konstitusiyamizning 26 yilligi bayrami arafasida 30 ta katta sig`imli “MAN” va 15 ta “SAZ LE 60” rusumli yo`lovchi avtobuslarini olib keltirdi. Bu haqda jamiyat axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lumki, bundan avval 31 ta “SAZ LE 60” rusumli avtobuslar qatnovi yo`lga qo`yilgandi. Barcha qulayliklarga ega transport aholi tomonidan iliq kutib olindi. Boisi avtobuslar zamonaviy isitish va sovutish tizimi, nogironligi bo`lgan shaxslar uchun qulay chiqish va tushish yo`lagiga hamda maxsus joy — o`rindiqqa ega. Bundan tashqari, “MAN” avtobuslarida yong`inga qarshi uskuna ham joylashtirilgan.

Ta`kidlash joizki, bundan avvalgi avtobuslarimizda sovutuvchi kondisionerlar bo`lmagan. Yangi avtobuslarda esa yo`lovchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Yaqin kunlarda yana 10 ta “MAN” va 34 ta “SAZ LE 60” rusumli avtobuslar olib kelinadi.

Ushbu transport vositalari Samarqand viloyatida ishlab chiqarilmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии