Долзарб мавзулар Foto

Namanganda faxriylar o`rtasida Konstitusiyamizning 26 yilligiga bag`ishlangan futbol turniri bo`lib o`tdi

Бўлимлар: Sport
Теглар:
Добавлено: 07.12.2018, 15:28

Namanganda mini-futbol bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 26 yilligiga bag`ishlangan vodiy ochiq birinchiligi bo`lib o`tdi.

Ushbu turnirda 60 yoshdan katta bo`lgan faxriy futbolchilardan tashkil topgan vodiyning 8 ta jamoasi ishtirok etdi. Bular: “Xotira-79”, “Navqiron”, “Superfaxriylar”, “Yangiqo`rg`on”, “Andijon”, “Olimpiya”, “Qo`qon-1912”, “Rishton”.

Qiziqarli va keskin kurashlar ostida o`tgan uchrashuvlar natijasiga ko`ra, “Xotira-79” faxriylar jamoasi musobaqa g`olibligini qo`lga kiritdi. Finalga qadar ajoyib o`iyn namoysh etib, muxlislar mehrini qozonishga erishgan “Qo`qon-1912” faxriylari finalda namanganliklarga yutqazib qo`yishdi va ikkinchi o`rinni qo`lga kiritishdi.

Andijonning “Olimpik” jamoasi esa uchinchi o`rin sohibi bo`ldi. Musobaqa yakuniga ko`ra, g`olib va sovrindorlar hamda nominasiyalar g`oliblari homiylar tomonidan tantanali tarzda taqdirlanishdi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA