Му5
50

O`zbekiston davlat musiqali komediya teatri jamoasining chiqishi e`tirofga sazovor bo`ldi

Madaniyat 11.12.2018, 17:25
1797
O`zbekiston davlat musiqali komediya teatri jamoasining chiqishi e`tirofga sazovor bo`ldi

O`zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri jamoasi Ekaterinburg shahrida “Amaliyotdan mukammallik sari” Mustaqil davlatlar hamdo`stligi hamda yaqin qo`shni davlatlar musiqali teatrlarining xalqaro forumida ishtirok etishdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Sverdlovsk davlat akademik musiqali komediya teatrining 85 yilligi munosabati bilan o`tkazilgan forum doirasida mutaxassislar tomonidan sohaga oid master klasslar, treninglar va musiqali spektakllar hamda Rossiya Federasiyasi xalq artisti Kirill Strejnev va sohaning etuk mutaxassislari tomonidan amaliy mashg`ulotlar, “Myuziklda aktyor plastikasi” master klasslar tashkil etildi.

Forum doirasida Rossiya, Belorucsiya, Ozarbayjon, Qozog`iston va O`zbekiston musiqali teatrlari kelgusida hamkorlikda festival va ijodiy safarlar tashkil etishga kelishib olishdi.

Xalqaro forumning yopilish marosimi O`zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri jamoasining chiqishi forum qatnashchilari e`tirofiga sazovor bo`ldi.

Шарҳлар