Долзарб мавзулар Foto

Zulfiqor Musoqovning “Berlin-Oqqo`rg`on” filmi taqdimoti bo`lib o`tadi

Бўлимлар: Madaniyat
Теглар:
Добавлено: 11.12.2018, 19:02

Kinorejissyor Zulfiqor Musoqov "O`zbekkino" Milliy agentligi, "O`zbekfilm" DUK buyurtmasiga asosan "Berlin-Oqqo`rg`on" nomli to`liq metrajli badiiy filmni suratga oldi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd qilinishicha, mazkur filmda 1941-1945 yillarda kechgan Ikkinchi jahon urushida o`zbek millatining jasur va mard o`g`lonlari, shuningdek, front ortidagi O`zbekiston xalqining ko`rsatgan beminnat mehnatlari hamda insoniylik munosabatlari aks ettirilgan.

Joriy yilning 14 dekabr kuni soat 15.00 da Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda "Berlin-Oqqo`rg`on" nomli badiiy filmning faqat ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun taqdimoti va namoyishidan so`ng matbuot anjumani o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA