Долзарб мавзулар Foto

Turkmaniston kinosi kunlari boshlandi

Бўлимлар: Madaniyat
Теглар:
Добавлено: 12.12.2018, 22:13

Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda Turkmaniston kinosi kunlari ochilishi bo`lib o`tmoqda. Bu haqda “O`zbekkino” milliy agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ayni paytda boshlangan tadbirda qardosh xalqlar kinoijodkorlari kelgusida amalga oshiriladigan hamkorlik ishlari, suratga olinadigan kinolar haqida fikr almashishadi.

12-13 dekabr kunlari o`tkaziladigan tadbirlarda turkman kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Agar siz bo`lmasangiz”, “Shukur baxshi” “Mahtumquli”, “Dasht kelinlari qo`shig`i”, “Chavandoz”, “Mening gullayotgan merosim” kinofilmlari namoyish etiladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA