Му5
48

“Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo`yicha hamkorlikni rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro konferensi

Jamiyat 29.10.2014, 08:31
2085
“Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo`yicha hamkorlikni rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro konferensi

“Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo`yicha hamkorlikni rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilari Urganch shahriga etib keldi. 28 oktyabr kuni ular Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi xo`jaliklarda, tibbiyot muassasalarida bo`ldi, Xiva shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishdi, deya xabar bermoqda O`zA.

O`zA maxsus muxbirlari xalqaro anjuman ishtirokchilarining ayrimlari bilan suhbatlashdi.

Xans-Ulrix IM, Orolni qutqarish xalqaro jamg`armasining ijrochi qo`mitasi maslahatchisi va xalqaro loyihalar bo`yicha menejeri:
– Orolning qurigan qismidan millionlab tonna tuz va chang ko`tarilib, juda katta hududda havo va tuproq ifloslanishiga sabab bo`lmoqda. Bu aholi, jumladan, yosh avlod salomatligiga, hayvonot va o`simlik dunyosiga salbiy ta`sir ko`rsatayotir. Bugungi kunda Orolbo`yi aholisi genofondini asrash tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
O`zbekistonda Orolbo`yidagi ekologik muammo va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish borasida izchil ishlar amalga oshirilayotgani e`tiborga molik. Tashkilotimiz faoliyatida mamlakatingiz alohida o`rin tutadi. Xususan, O`zbekiston bilan hamkorlikda suv resurslaridan oqilona foydalanish, soha mutaxassislari malakasini oshirish, o`rmonzorlar barpo etishga oid qator loyihalar ustida ish olib borilmoqda. Mazkur global muammo oqibatlarini engillashtirish yo`lida birgalikda harakat qilishimiz, bu ishga jamoatchilikni yanada kengroq jalb etishimiz va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashimiz lozim. 

Anxel Fernandes Ramos, “CYTSA” kompaniyasi menejeri (Ispaniya):
Ushbu konferensiyaga ko`plab mamlakatlardan, nufuzli xalqaro tashkilotlar va kompaniyalardan vakillar tashrif buyurgani ularning Orol muammosini hal etishga o`z hissasini qo`shish niyatida ekanidan dalolatdir.
Kompaniyamiz institusional rivojlanish, biznes-innovasiyalar va muhandislikda qo`llaniladigan mahsulotlarni etkazib berish va xizmat ko`rsatish bilan shug`ullanadi. Orol dengizi muammosini, uning global miqyosda atrof-muhitga ta`sirini o`rganish hamda oqibatlarini yumshatish borasidagi loyihalarda faol ishtirok etish niyatidamiz.
O`zbekistonga kelganimdan qalbim quvonchga to`ldi, ruhim ko`tarildi. Xivadagi betakror tarixiy obidalar, milliy libos va hunarmandlik buyumlari har qanday kishini hayratga soladi. Ichanqal`ani ko`rib, mahobatli minoralar orasida o`zimni go`yo mo``jizalar olamida yurganday his etdim.
Kim Xak SU, Koreya Respublikasi xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) katta maslahatchisi:
Bugungi kunda Orol muammosi nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasining, balki butun dunyoning muammosiga aylangan.
Beruniy tumanidagi yoshlar bog`iga daraxt ko`chatlarini o`tqazishda ishtirok etganimizdan, bu erdagi ekologik holatni yaxshilashga, oz bo`lsa-da, hissa qo`shganimizdan xursandmiz. Orolbo`yida qurg`oqchilikka va sho`rga chidamli butalar ekish, dov-daraxtlar va o`simliklarni ko`paytirish bo`yicha bu kabi loyihalar amalga oshirilayotgani diqqatga sazovor. KOICA O`zbekiston bilan bu boradagi hamkorlikni rivojlantirish, qator qo`shma loyihalarni amalga oshirish niyatida.

Xarvi Boisguillaume, Fransiya Ekologiya, barqaror rivojlanish va energetika vazirligi departamenti direktori:
O`zbekistonda Orol bo`yidagi vaziyatni yaxshilash bo`yicha qilinayotgan ishlar e`tiborga molik. Hududni iqtisodiy rivojlantirish, aholi salomatligini yaxshilash va uni ijtimoiy qo`llab-quvvatlashga yo`naltirilgan qator yirik, aniq maqsadli dastur va loyihalar amalga oshirilayotir. Xorazm viloyati shifoxonalarida aholiga yuqori malakali tibbiy xizmat ko`rsatish uchun yaratilgan shart-sharoit bizni nihoyatda quvontirdi. Lekin bu borada hali yana ko`p ishlar qilish, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish zarur.
Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo`yicha hamkorlikni rivojlantirishmavzusidagi xalqaro konferensiya butun dunyo uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Forumda mintaqadagi muammolar atroflicha muhokama qilinib, Orolbo`yidagi ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik vaziyatni yaxshilashga doir konstruktiv rejalar ishlab chiqilishiga ishonamiz.
Andreas Brunder, Xalqaro mustaqil tibbiy-gumanitar tashkilotning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy missiyasi rahbari:
Tashkilotimiz O`zbekiston bilan 1999 yildan buyon hamkorlik qilib keladi. O`zbekiston rahbariyati mamlakatingizda sog`liqni saqlash

Шарҳлар