Му5
50

Farg`onada 3 yashar bola yonib ketdi

Jamiyat 29.10.2014, 12:22
4185
Farg`onada 3 yashar bola yonib ketdi

Isitish moslamalaridan foydalanishda yong`in xavfsizligi qoidalariga rioya etmaslik va uni buzish Farg`ona viloyati Quva tumanida yashovchi U.Yusupov xonadonida yong`in sodir bo`lishiga olib keldi, deya xabar beradi podrobno.uz.

Natijada o`rin va unda uxlab yotgan bola yonib ketgan. Yong`inga qarshi kurashuvchilar 3 yoshli bolaning kuygan tanasini olib chiqishdi.

IIV matbuot xizmati ma`lumotiga ko`ra, o`tgan haftada jami 212ta yong`in hodisasi qayd etilgan. Natijada 4 kishi turli darajadagi jarohat olgan bo`lsa, bir kishi halok bo`lgan. Yong`inga qarshi kurash bo`linmalarining tezkor harakatlari natijasida 999.5 million so`mga teng qurilish materiallari hamda 803.4 million so`mlik moddiy qimmatbaho mollar saqlab qolingan.

Шарҳлар