Ташкент +4° Sun 19:21
Долзарб мавзулар Foto

Samarqandda fohishalik xizmatini tashkil qilgan "uchastkavoy" jazoga tortildi (video)

Бўлимлар: Jinoyat
Теглар:
Добавлено: 25.12.2018, 16:57

Jinoyat ishlari bo`yicha Samarqand shahar sudida Pastdarg`om tumanidagi profilaktika inspektori 36 yoshli A.M.ga hukm o`qildi.

Sudlanuvchi jinoiy sheriklari, o`sha tumanda yashovchi ayol D.P. bilan til biriktirib bilan oldindan tuzilgan reja asosida birovning nomusiga tekkanlik aybini qo`yish orqali fuqarolarga tahdid qilib kelgan.

Shuningdek, fohishalar xizmatidan foydalanishga kelganlarni qo`rqitib, pullarini olgan. Bu ishda ularga D.ning o`g`li, kelini va qizi yordam bergan.

Sud hukmi bilan sobiq profilaktika inspektori A. M. tegishli moddalar bilan 2 yilga ichki ishlar tizimida ishlashdan mahrum qilinib, 11 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Uning jinoiy sheriklariga ham ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlandi.


Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Jinoyat

Shou-biznes

SUG'DIYONA