Му5
50

Sirdaryolik 3 nafar tadbirkor biznes yo`nalishidagi kurslarda o`qish uchun Hindistonga yuboriladi

Jamiyat 29.10.2014, 15:44
1980
Sirdaryolik 3 nafar tadbirkor biznes yo`nalishidagi kurslarda o`qish uchun Hindistonga yuboriladi

Guliston shahrida hindistonlik ishbilarmonlar ishtirokida “Tadbirkorlikni rivojlantirish strategiyasi” mavzuida seminar bo`lib o`tdi.

“O`zbekiston — Hindiston tadbirkorlikni rivojlantirish markazi” tashabbusi bilan o`tkazilgan mazkur seminar yakunida saralangan uch nafar mahalliy tadbirkor Hindistonda biznes yo`nalishida tashkil etiladigan oylik kurslarda o`qish imkoniyatini qo`lga kiritdi.

Markaz 2006 yilda Hindistonning Tadbirkorlikni rivojlantirish instituti hamda O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi o`rtasida imzolangan bitimga muvofiq, Toshkentda ochilgan bo`lib,  Farg`ona, Samarqand va Guliston shaharlarida uning filiallari ham tashkil etilgan.

Markazdan ko`zlangan maqsad, tadbirkorlarga bozor infratuzilmasi haqida kengroq ma`lumot berish, ularga biznesni yo`lga qo`yishda ko`maklashish, eksportni rag`batlantirish hamda sifatni boshqarishga qaratilgan loyihalarni qo`llab-quvvatlashdan iboratdir.

Manba: “Turkiston-Press” NAA

Шарҳлар