Му5
50

Navoiy viloyatida tijorat banklari tomonidan chorvachilikka 2,6 mlrd so`m kredit ajratildi

Jamiyat 29.10.2014, 17:10
2067
Navoiy viloyatida tijorat banklari tomonidan chorvachilikka 2,6 mlrd so`m kredit ajratildi

Navoiy viloyatida joriy yilning o`tgan davrida 90 ming 582 tonnadan ziyod go`sht, 256 ming 243 tonna sut tayyorlanib, tegishli tartibda joylarga etkazib berildi. Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda, deb xabar beradi O`zbekiston Milliy axborot agentligi.

«Chorvachilik rivojlanmoqda, — dedi viloyat qishloq va suv xo`jaligi boshqarmasi mas`ul xodimi Qanoat Tumenbaev. — Joriy yilda Karmana, Qiziltepa, Navbahor, Nurota va Xatirchi tumanlariga 262 bosh naslli mol keltirildi. Tijorat banklari tomonidan sohaga ikki milliard 599 million so`m kredit ajratildi. Fermer xo`jaliklarining ikki milliard so`mdan ziyod mablag`i shu maqsadga yo`naltirildi. Bu ishlar natijasida 130 dan ortiq yangi ish o`rni yaratildi».

Viloyat chorvadorlari 2014—2015 yilgi qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini davom ettirmoqda. Shu kungacha 680,7 ming tonna dag`al xashak jamg`arildi. Yopiq qo`ralar tom va devorlarini ta`mirlash ishlariga jiddiy e`tibor qaratilmoqda.

Chorvadorlar ijtimoiy himoyasini ta`minlash ham doimiy e`tiborda. Yaqinda cho`pon-cho`liqlarga maxsus qishki kiyim-bosh topshirildi. Oilaviy pudratchilarning oziq-ovqat zaxirasini mustahkamlash maqsadida ularga un, o`simlik yog`i, shakar va boshqa zarur iste`mol mollari etkazib berilmoqda.

Шарҳлар