Ташкент +4° Tue 01:34
Долзарб мавзулар Foto

Prezident: Bank va moliya tizimida zamonaviy bozor mexanizmlarini keng joriy etish zarur

Бўлимлар: Iqtisodiyot
Теглар:
Добавлено: 28.12.2018, 10:41

Avval xabar berganimizdek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a`zolariga 2018 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O`zbekiston Respublikasini 2019 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Murojaatnomasini davom etmoqda.

Davlatmiz rahbari hukumat va Markaziy bank xalqaro moliya institutlari ko`magida bank-moliya tizimini rivojlantirish bo`yicha uzoq muddatli strategiya ishlab chiqishi lozimligini alohida ta`kidlab o`tdi.

"Moliya bozorlari, jumladan, fond bozorini rivojlantirish ham yangi iqtisodiy sharoitda asosiy maqsadlarimizdan biri bo`lishi kerak. Bu masalaning muhimligi davlat korxonalarini isloh qilish bilan ham uzviy bog`liq. Chunki, xususiylashtirish jarayoni va uning kelgusi rivojini muqobil moliya manbalarisiz tasavvur qilish qiyin", - dedi Shavkat Mirziyoev.

Endilikda yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish va obligasiyalar chiqarish orqali bank xizmatlari ko`lamini yanada kengaytirish, ilg`or axborot texnologiyalari asosida rivojlantirishga alohida e`tibor qaratiladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes