Му5
48

Namunaviy uylar uchun ajratilgan 90 milliondan ziyod mablag`lari o`zlashtirib yuborilgani ma`lum bo`ldi

Jamiyat 29.10.2014, 17:58
2378
Namunaviy uylar uchun ajratilgan 90 milliondan ziyod mablag`lari o`zlashtirib yuborilgani ma`lum bo`ldi

Toshkent viloyatining Yangiyo`l tumani, “Sho`ralisoy” QFY, Navro`z mahallasi hududida yakka tartibdagi namunaviy loyiha asosida 12 ta uyning qurilishi qalbaki bayonnoma bilan boshlanadi.

Qalbaki bayonnomaga asosan, A.Hakimjanov rahbarligidagi "ARS MICRO PRODUKTIONS" MChJ ning nizom jamg`armasi shakllantirilmasdan turib, tanlov savdolari qiymatining 20 foizi miqdoridagi aylanma mablag`lari bo`lmasa-da, "Qishloq qurilish invest" IShIK Toshkent viloyati filiali bilan shartnoma tuzilgan. Shartnoma shartiga binoan, A.Hakimjanov namunaviy uylarning qurilish-montaj ishlarini bajarishni zimmasiga olgan.

Shundan so`ng, jinoiy sheriklarning "yordami" bilan "Qishloq qurilish invest" IShIK Toshkent viloyati filialidan bajarilgan ishlar hisob-fakturalari asos qilingan holda, jami 1 mlrd. 219 mln. 304 ming so`mlik pul mablag`i "ARS MICRO PRODUKTIONS" MChJning hisob raqamiga o`tkazib berilgan.

Aniqlanishicha, "ARS MICRO PRODUKTIONS" MChJ rahbari A.Hakimjanov, "Qishloq qurilish invest" IShIK Toshkent viloyati filiali rahbari va ushbu filialning texnik nazoratchilari o`zaro til biriktirib, keltirilgan manzilda namunaviy uylar qurilishi uchun ma`lumotnoma, hisob-fakturalarni qalbakilashtirib, bajarilgan ishlarni qo`shib yozish natijasida 92 mln. 931 ming so`mlik pul mablag`larini o`zlashtirib yuborgan.

Barcha holatlar yuzasidan A.Hakimjanov va boshqalar odil sudning hukmi bilan tegishli jazolarini oldilar. Bu haqda xabar qilgan “Huquq” gazetasi ularga qanday jazo tayinlaganini ma`lum qilmagan.

Шарҳлар