Му5
48

Ekoharakat konferensiyasiga Namangandan delegatlar saylandi

Jamiyat 29.10.2014, 19:23
2682
Ekoharakat konferensiyasiga Namangandan delegatlar saylandi

O`zbekiston Ekologik harakati Namangan viloyati hududiy bo`limining konferensiyasida Ekoharakat konferensiyasiga delegatlar saylash masalasi ko`rib chiqildi, deya xabar bermoqda O`zA.
Ekolog olimlar, shifokorlar, huquqshunoslar, atrof-muhitni muhofaza qilish va sog`liqni saqlash yo`nalishida faoliyat olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari mutaxassislari, ekologik harakat faollari ishtirok etgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida atrof-muhit muhofazasi, ekologik barqarorlikni ta`minlashga alohida e`tibor qaratilayotgani ta`kidlandi.
– O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylashda kvotalash instituti joriy etilgani xalqaro huquq normalariga to`la mos keladi, – deydi O`zbekiston Ekologik harakati markaziy kengashi ijroiya qo`mitasi raisi B.Alixonov. – Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O`zbekiston Ekologik harakati deputatlari guruhi ekologik muammolarni bartaraf etish, tegishli tashkiliy-huquqiy bazani takomillashtirish va ularning ijrosini ta`minlash bo`yicha parlament rolini oshirishda faol ishtirok etmoqda.
Konferensiyada O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko`rsatish va ularni saylash yuzasidan o`tkaziladigan O`zbekiston Ekologik harakati konferensiyasiga 25 delegat muqobillik asosida yashirin ovoz berish yo`li bilan saylandi. 

Шарҳлар