Му5
46

Buxorolik sportchilar «Spark» avtomobillari bilan taqdirlandi

Sport 03.01.2019, 18:35
1091
Buxorolik sportchilar  «Spark» avtomobillari bilan taqdirlandi

2018 yil o`zbek sporti uchun muvaffaqiyatlarga boy bo`ldi. Ortda qolgan yil davomida atletlarimiz bir necha kompleks musobaqalarda ishtirok etdilar. Jakarta mezbonlik qilgan Osiyo hamda Paraosiyo o`yinlari, Buenos-Ayresda bo`lib o`tgan o`smirlar Olimpiadasi shular jumlasidandir. Mazkur musobaqalarda sportchilarimiz medallar soni va sifati bo`yicha natijalarni yaxshilay olishdi.

Shu kunlarda Milliy olimpiya qo`mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov xizmat safari bilan Buxoro viloyatida bo`lib turibdi. MOQ rahbari safar doirasida Paraosiyo va o`smirlar Olimpiya o`yinlarida sovrindor bo`lgan buxorolik sportchilarni taqdirlash marosimida ham ishtirok etdi. Buxoro shahridagi «Yoshlar markazi»da tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi O`ktam Barnoev ham qatnashdi.

Tadbir davomida III o`smirlar Olimpiya o`yinlarida oltin medalga ega chiqqan sportchilar – Abdumalik Xalakov (boks) va Umidjon Jalolov (erkin kurash) «Spark» avtomobillari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, ularning murabbiylari, Paraosiyo o`yinlari sovrindorlari Feruz Saidov, Shirin Sharipov, Sharif Halilov, Sherzod Namozov, Shuhrat Boboev va Muhammad Rihsimov kabi sportchilarimizga qimmatbaho sovg`alar topshirildi.

Шарҳлар