Му5
48

O`zbekistonda mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari dispanserizasiyadan o`tkaziladi

Jamiyat 30.10.2014, 09:00
1956
O`zbekistonda mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari dispanserizasiyadan o`tkaziladi

«Sen yolg`iz emassan» respublika bolalar jamoatchilik jamg`armasi O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda butun respublika bo`ylab mehribonlik uylari va «SOS − bolalar mahallalari» tarbiyalanuvchilari dispanserizasiyasini tashkil qildi, deb xabar bermoqda UzDaily.

Toshkentdagi dispanserizasiya 27−31 oktyabr kunlari Toshkent pediatriya-tibbiyot instituti klinikasida o`tkaziladi. 21, 22, 23, 30-raqamli mehribonlik uylari va poytaxtdagi «SOS − bolalar mahallalari»ning 600ga yaqin tarbiyalanuvchilari tibbiy ko`rikdan o`tkaziladi.

O`zbekistonning barcha viloyatlari va Qoraqalpog`iston Respublikasidagi muassasalar tarbiyalanuvchilari 3−7 noyabr kunlari dispanserizasiyadan o`tkaziladi. Jami 2500 nafardan otriq 3 yoshdan katta bolalar to`liq tibbiy ko`rikdan o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Шарҳлар