Ташкент +4° Mon 20:22
Долзарб мавзулар Foto

Bugun Osiyo Kubogi musobaqasiga start beriladi

Бўлимлар: Sport
Теглар:
Добавлено: 05.01.2019, 10:08

Bugun, 5 yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklarida 17-Osiyo Kubogi musobaqasiga start beriladi. Musobaqadan o`rin olgan uchrashuvlar 4ta shaharda: Abu Dabi, Dubay, Sharja va Al-Ayn shaharlarida bo`lib o`tadi, deb xabar bermoqda O`FA matbuot xizmati.

Tarixda birinchi marta turnirda 24ta terma jamoa ishtirok etadi.

Bugun Abu-Dabi shahridagi "Zayd Sport Siti" o`yingohida musobaqaning ochilish uchrashuvi bo`lib o`tadi. Unda mezbon BAA terma jamoasi Bahraynga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston musobaqadan o`rin olgan dastlabki uchrashuvni 9 yanvar kuni Sharja shahrida Ummon terma jamoasiga qarshi o`tkazadi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes

SUG'DIYONA