Ташкент +4° Wed 01:14
Долзарб мавзулар Foto

Markaziy bank "Poytaxt bank"ka lisenziya berdi

Бўлимлар: Iqtisodiyot
Теглар:
Добавлено: 05.01.2019, 12:31

O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi 2018 yil 29 dekabrda "Poytaxt bank" aksiyadorlik jamiyatiga (Toshkent shahri) bank operasiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziya berish to`g`risida qaror qabul qildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Bunday nomdagi bank paydo bo`lishi va bu aksiyadorlik tijorat uy-joy-qurilish jamg`arma banki bo`lishi haqida ma`lumot berilgandi.

"Poytaxt bank" faoliyatining asosiy vazifalari va yo`nalishlari quyidagilardan iborat bo`ladi:

  • aholi va yuridik shaxslarning uy-joyga bo`lgan talablarini qondirish borasida ularga ipoteka krediti berish va bank xizmatini ko`rsatish;
  • arzon ko`p kvartirali uylarni quruvchi pudrat tashkilotlariga kredit resurslarini taqdim etish;
  • arzon ko`p kvartirali uylarni loyihalashtirish va qurish borasida buyurtmachi vazifasini bajarish;
  • Toshkent shahrida ko`p kvartirali uylarni qurish va ta`mirlashni amalga oshiruvchi ixtisoslashgan pudrat tashkilotlarini kreditlash va lizing xizmatlari ko`rsatish;
  • xorijiy investisiyalar, shu jumladan, zaymlar hamda arzon ko`p kvartirali uylarni qurishni moliyalashtirish uchun xalqaro moliyaviy institutlarning texnik ko`magini jalb etish;
  • investisiya faoliyatini, jumladan muhandislik infratuzilmasini sifat jihatdan yaxshilashni nazarda tutuvchi ishlanmalar va loyihalarni moliyalashtirishni amalga oshirish;
  • zamonaviy, tejamli, energiya tejovchi va talab etilgan qurilish materiallari va asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi tashkilotlarni kreditlash;
  • universal tijorat banki sifatida yuridik va jismoniy shaxslarga boshqa bank xizmatlarini ko`rsatish.

"Poytaxt bank"ning ustav kapitali boshlang`ich hissa tariqasida Toshkent mahalliy byudjetidan 3 mlrd so`m jalb qilish, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar, jumladan xorijiy investorlarning mablag`larini jalb etishni inobatga olgan holda kamida 10 mln evro ekvivalentida shakllantirilishi mumkin.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes

SUG'DIYONA