41

Ektor Kuper: Biz har qanday vaziyatga tayyormiz, barchasi ertaga maydonda hal bo`ladi

Sport 08.01.2019, 19:29
1023
Ektor Kuper:  Biz har qanday vaziyatga tayyormiz, barchasi ertaga maydonda hal bo`ladi

Xabaringiz bor, shu kunlarda BAAda futbol bo`yicha Osiyo Kubogi bo`lib o`tmoqda. O`zbekiston terma jamoasi musobaqadagi ishtirokini ertaga Ummon terma jamoasiga qarshi boshlaydi. Bugun uchrashuv oldidan matbuot anjumani o`tkazildi. Unda terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper va terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov ishtirok etdi.

— Ummon bilan o`yinga qanday tayyorgarlik ko`rdingiz?

— Biz faqat Ummon bilan o`yinga emas, butun boshli musobaqaga tayyorgarlik ko`rdik. Shunchaki, Ummon bizning ilk raqibimiz. O`yinga tayyorgarligimiz ancha yaxshi. Biz ertaga o`zimizni ko`rsatishga tayyormiz. Ertaga har ikki jamoa uchun qiziqarli o`yin bo`ladi. Biz g`alaba qozonishni istaymiz.

— Ummon terma jamoasini qay darajada o`rgandingiz?

— Terma jamoaning o`yinini ko`rdik. Ammo, barcha narsa maydonda hal bo`ladi. Musobaqaga faqat kuchli terma jamoalar tashrif buyurgan. Barcha yaxshi natija uchun o`ynaydi. Futbolning qiziqarli ekanligi ham shundadir. Natijani oldindan bilib bo`lmasligi bilan ham sportning ushbu turi qiziqdir. Biz har qanday vaziyatga tayyormiz. Ammo, Ummon ham kuchli terma jamoa. Barchasi ertaga maydonda hal bo`ladi.

— Raqiblarning asosiy darvozaboni Al Xabsining yo`qligi O`zbekistonga yordam beradimi?

Odil Ahmedov: — Bu haqiqatdan ham katta yo`qotish. Men uning nimalarga qodir ekanligini juda yaxshi bilaman. Ushbu yo`qotish bizga yordam beradigan bo`lsa, men bundan xursand bo`laman.

— O`zbekiston Janubiy Koreyaga qarshi o`yindan so`ng deyarli 50 kun davomida o`rtoqlik o`yini o`tkazmadi. Bu Kuperni havotirga soladimi?

— Bu meni havotirga solayotgani yo`q. Bunday o`yinlarda jarohat olish ehtimoli ko`p. Osiyo Kubogida qatnashadigan terma jamoa bo`lganida albatta o`rtoqlik o`yinida maydonga tushardik, biroq bunday jamoa topilmadi.

Xech qaysi murabbiy jamoaga kelib, birdaniga butunlay o`zgartirishlarni amalga oshira olmaydi. Biz qo`ldan kelganicha o`zgarishlarni amalga oshirdik. Biz ko`p narsaga tayyormiz. Endi o`zimizni ko`rsatishimiz lozim.

— Terma jamoaning jismoniy holatiga qay darajada baho berasiz?

Odil Ahmedov: — Kim ko`proq to`p bilan bo`lsa o`sha jamoa g`alaba qozonadi. Shuning uchun, jismoniy tayyorgarlikka alohida e`tibor qaratganmiz. O`ylaymanki, bu musobaqa davomida biz uchun muammo bo`lmaydi.

Комментарии