Ташкент +4° Mon 22:44
Долзарб мавзулар Foto

Eldor Shomurodov: Bizni qo`llab-quvvatlab turgan muxlislardan minnatdormiz (video)

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар: Video
Добавлено: 10.01.2019, 10:06

Osiyo Kubogidan o`rin olgan Ummonga qarshi o`yinda O`zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Ummonga qarshi o`yindan keyin o`z fikrlarini bildirib o`tdi.

"Bugun muhim g`alabani qo`lga kiritdik. O`yin ancha qiyin kechganini ta`kidlab o`tish zarur. Zaxiradan maydonga tushib, gol kiritish nasib qilganidan juda xursandman. Mashg`ulotlar paytida bosh murabbiy menga hujumda imkon berishini aytib o`tgandi. Murabbiyning ishonchini oqlash nasib qildi.

Bugungi o`yinda bizni qo`llab-quvvatlab turgan barcha muxlislarga o`z minnatdorchiligimni bildirib o`tmoqchiman. Keyingi uchrashuvlarda ham faqat g`alaba uchun maydonga tushamiz", - dedi Eldor Shomurodov.

Gollar: Odil Ahmedov (34), Muhsin al-G`assaniy (72), Eldor Shomurodov (86).

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes

SUG'DIYONA