Ташкент +4° Mon 03:19
Долзарб мавзулар Foto

"Ayol" seriali bosh qahramoning shaxsiy hayoti va ijodi haqida (foto)

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Foto
Добавлено: 10.01.2019, 10:31

Bugun o`zbek tomoshabinlariga «Ayol» serialidagi roli bilan tanilgan O`zge O`zpirinchji haqida "Kunutun" nashri ma`lumot berdi.

«Ayol» serialining bosh qahramoni Bahor Cheshmeli rolini gavdalantirgan aktrisa O`zge O`zpirinchji 1986 yilning 1 aprelida Istanbulda tavallud topgan.alt

Maktabni tamomlagach liseydagi ta`limini Amerika Qo`shma Shtatlarida davom ettiradi. Keyinchalik Sabanji Universitetining Menejment fakultetida tahsil oladi.

alt

U ilk rollarini «Sevgiga jasorating bormi» va «Terak shamoli» seriallarida ijro etgan. Xushbichim qomat va go`zal yuzga ega yosh aktrisa tezda rejissyorlarning nazariga tushadi va birin-ketin yangi serial va filmlarda suratga tushish takliflarini ola boshlaydi.

alt

Uning eng ko`zga ko`ringan rollaridan biri Chingiz Aytmatovning «Sarvqomat dilbarim» asari asosida suratga olingan filmdagi bosh qahramon obrazi.

alt

Aktrisaning shaxsiy hayoti haqida gapiradigan bo`lsak, hali turmush qurmagan, Burak Yamanturk ismli aktyor bilan ishqiy munosabatda.

alt

Bahor Chtshmeli «Ayol» serialining bosh qahramoni. Kichik yoshda onasi tark etib, otasi bilan ulg`aygan qiz, Sarp ismli yigit bilan tanishgach hayoti tubdan o`zgaradi. Baxtdan sarmast yashayotgan bir paytda erining o`limi ayolni ikki nafar farzandni yolg`iz boshi bilan katta qilishdek mushkul vazifani boshiga soladi. Bunday katta fojia ham uni hayotga bo`lgan umidini yo`qotishga sabab bo`lmaydi, aksincha bor kuchi bilan farzandlarini oyoqqa qo`yish uchun kurashadi.
Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии