Ташкент +4° Sat 23:26
Долзарб мавзулар Foto

Prezident iqtisodiy va investisiyaviy loyihalar bo`yicha ko`rsatmalar berdi

Бўлимлар: Siyosat
Теглар:
Добавлено: 11.01.2019, 14:46

Prezident Shavkat Mirziyoev Toyloq tumanidagi “Pet Agro Oil” qo`shma korxonasida bo`lib, yog`-moy ishlab chiqarish texnologiyasini ko`zdan kechirdi, deb xabar bermoqda davlat rahbarining veb-sayti.

Korxona 2017 yilda Shimoliy Irlandiyaning “Nortec Estate LLP” kompaniyasi hamda O`zbekistonning “Tony Green” firmasi tomonidan tashkil etilgan. Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, o`simlik yog`i ishlab chiqarish va qadoqlashga ixtisoslashgan. Italiya, Avstriya, Turkiya, Shveysariya, Hindiston, Bolgariya va Xitoy davlatlaridan 7 million dollarga zamonaviy texnologiyalar keltirib o`rnatilgan.

Bugungi kunda korxona faoliyatini kengaytirish ishlari amalga oshirilmoqda. Natijada kuniga 350 tonna o`simlik yog`i, 3 ming tonna tomat pastasi, 2 ming 500 tonna olma konsentrati ishlab chiqariladi. Korxona to`liq quvvat bilan ishlagach 800 nafar mahalliy aholining bandligi ta`minlanadi.

Shu erda Samarqand viloyatiga xorijiy investisiyalarni jalb etish, sanoat, qishloq xo`jaligi, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohalariga oid loyihalar namoyish etildi.

2019 yilda viloyatda 355 million dollar investisiyalarni o`zlashtirish rejalashtirilgan. O`zbekistonning Xitoy, Turkiya va Ispaniyadagi elchixonalari hamda Gresiyadagi konsulxonasi viloyat tumanlariga biriktirilgan.

Ushbu vakolatxonalar rahbarlari mahalliy hokimliklar bilan birga shakllantirilgan investisiya loyihalarini taqdim etdi.

Shuningdek, “Azia Metall Prof” qo`shma korxonasi tomonidan “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida tunukani rux bilan qoplash, qayta ishlash va polimerizasiyalashni tashkil etish, 4 ming 300 gektar maydonga intensiv bog` yaratish, paxta-to`qimachilik klasterlari tashkil qilish, tomchilatib sug`orish, parrandachilikni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar yuzasidan ma`lumot berildi.

Davlatimiz rahbari ushbu loyihalarning asosi, samaradorligi bilan qiziqdi. Ular yuzasidan tegishli ko`rsatmalar berib, xorijiy tajribani o`rganish, kerak bo`lsa, chet eldan konsultantlar jalb etish zarurligini ta`kidladi.

Samarqand viloyatida 37 ming gektardan ziyod lalmi er foydalanilmayotgani, ularni ishga solib, aholini ish va arzon mahsulotlar bilan ta`minlash mumkinligi qayd etildi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

23.03.2019, 19:47
17.03.2019, 19:57