Ташкент +4° Sat 19:15
Долзарб мавзулар Foto

2019 yilda Toshkentda avtohalokatlar soni kamayadimi?

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 11.01.2019, 15:34

2019 yilda Toshkent shahrida avtohalokatlarning oldini olish bo`yicha qanday ishlar amalga oshiriladi? O`zA ushbu savol bilan Toshkent shahar IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari Azizjon Sadirovga murojaat qildi.

— So`nggi paytlarda Toshkent shahrida transport vositalari soni tobora ortib bormoqda. Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasining bir qator ijobiy ishlari samarasi natijasida yo`l-transport hodisalari soni kamaymoqda.

2018—2022 yillarda O`zbekiston Respublikasida yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash konsepsiyasi tasdiqlandi. Ushbu konsepsiya talablaridan kelib chiqqan holda Toshkent shahar IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan yo`llarni avtomatik tarzda boshqarish, harakat nazoratini amalga oshirish samaradorligini yaxshilash, yo`llar holatini jahon standartlariga tenglashtirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Poytaxtning 115 ta chorrahasida foto va videoni qayd etish kuzatuv kameralari tomonidan haydovchilarning 7 turdagi qoidabuzarliklari yuzasidan haydovchilarga nisbatan choralar ko`rilmoqda.

Hozirda 4 ta ko`chma 16 ta stasionar tezlikni o`lchash moslamalari o`z faoliyatini boshlagandan keyin yo`l-transport hodisalari keskin kamayishga erishildi, bundan tashqari, aholiga qulaylik yaratish maqsadida, markaziy ko`chalarga «To`xtab turish joyi» yo`l belgisi va unga «Transport vositasini to`xtab turish joyiga qo`yish usuli» qo`shimcha axborot belgisi o`rnatildi. Mazkur yo`l belgisi ta`siri ostida haydovchilar transport vositalarini yo`lning qatnov qismiga ko`rsatilgan tartib bo`yicha joylashtirishi natijasida ushbu yo`lning o`tkazuvchanlik qobiliyati ortib, tirbandliklarning oldi olinmoqda.

Rivojlangan davlatlar tajribasini o`rgangan holda, tirbandliklarning oldini olish hamda atmosferaga chiqarilayotgan zaharli tutun miqdorini kamaytirish maqsadida, hozirgi kunga qadar poytaxtning 34 ta chorrahasiga 5.42 yo`l belgisi o`rnatildi. Ushbu yo`l belgisi ta`siri ostida transport vositalarining haydovchilari svetoforning taqiqlovchi chirog`i yonib turgan bo`lsada, barcha yo`l harakati qatnashchilariga yo`l bergan holda o`ngga harakatlanishi mumkin bo`ladi.

Aytish joizki, haydovchi harakatlanish qoidalariga amal qilmas ekan, bu boradagi bilimlari, tajribasi etarli bo`lmas ekan, mazkur amalga oshirilayotgan ishlar ko`zlangan natijani bermaydi. Shu bois, haydovchilarni tayyorlash maktablarining moddiy-texnik bazasi hamda o`qituvchilarning bilim saviyasini oshirish maqsadida barcha avtomaktablar faoliyati qayta o`rganib chiqildi. Ularning 50 dan ortig`ining faoliyati vaqtincha to`xtatilib, tegishli ko`rsatmalar berildi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии