Долзарб мавзулар Foto

Shavkat Mirziyoуev Samarqanddagi Konfusiy maydonini ko`zdan kechirdi

Бўлимлар: Siyosat
Теглар:
Добавлено: 11.01.2019, 15:43

Prezident Shavkat Mirziyoуevning avvalgi tashrifi chog`ida berilgan topshiriqlarga muvofiq Samarqand davlat universiteti yonida buyuk mutafakkir Konfusiy haykali o`rnatildi. Haykal atrofidagi mo``jaz maydonda qadimgi Xitoy an`analariga xos ayvonlar barpo etildi. Shu erdagi to`qqiz qavatli o`quv va ma`muriy binoda qurilish ishlari amalga oshirilib, uning har bir qavati rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli oliy ta`lim muassasalari andozalariga moslashtirildi.

Bu erda xalqaro ta`lim dasturlari markazi tashkil etilmoqda. Unda Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston va Evropa Ittifoqi davlatlari universitetlaridagi eng yaxshi tajribalar o`rganiladi.

Davlatimiz rahbari markaz loyihasi bilan tanishib, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Shuningdek, shu erda Samarqandda turizmni rivojlantirish, kongress-xol va mehmonxonalar qurishga oid ko`plab loyihalar namoyish etildi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan Samarqandda Konfusiy instituti va “Ipak yo`li” xalqaro turizm universiteti ochilgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA