Ташкент +4° Mon 05:28
Долзарб мавзулар Foto

Samarqandda xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tmoqda

Бўлимлар: Siyosat
Теглар:
Добавлено: 11.01.2019, 17:22

Samarqand shahrida xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tmoqda. Bu haqda Prezident matybuot xizmati xabar berdi.

Sessiyada O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev yurtimiz ravnaqi yo`lida fidokorona mehnat qilayotgan Samarqand ahliga chuqur hurmatini bildirib, iqtisodiy-ijtimoiy sohalarni rivojlantirish, xalqimiz hayotini yaxshilash bo`yicha viloyatda ham ko`p ishlar qilinayotganini ta`kidladi.

Jumladan, «Obod qishloq», «Obod mahalla» dasturlari doirasida yigirma to`qqizta qishloq, to`rtta mahallada qariyb 200 milliard so`mlik qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan. O`tgan yili 1 ming 500 kvartirali 36 ta ko`p qavatli uy, 2 ming 349 ta arzon uy-joy barpo etilib, egalariga topshirilgan. Oltmishga yaqin davlat bolalar bog`chasi qurilib, 356 ta xususiy maktabgacha ta`lim muassasasi tashkil etilgan. Sog`liqni saqlash, ayollarni qo`llab-quvvatlash, kommunal tarmoqlarni rekonstruksiya qilish bo`yicha ham aniq manzilli ishlar bajarilgan.

Davlatimiz rahbari Germaniyaning etakchi universitetlari bilan hamkorlik o`rnatib, Samarqandda «raqamli iqtisodiyot» uchun kadrlar tayyorlashni yo`lga qo`yish bo`yicha ko`rsatma berdi.

Ayni paytda Prezidentimiz viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish, investisiyalar jalb etishni faollashtirish bo`yicha galdagi vazifalarni ko`rsatib o`tmoqda. Sessiyada Samarqand viloyatiga hokim tasdiqlanishi kutilmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

23.03.2019, 19:47
17.03.2019, 19:57