41

Bosh prokuratura 343 nafar mansabdorni javobgarlikka tortdi

Jamiyat 12.01.2019, 20:01
861
Bosh prokuratura 343 nafar mansabdorni javobgarlikka tortdi

Bosh prokuratura tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari ijrosi ustidan tizimli nazorat amalga oshirilmoqda. O`tgan yil davomida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari ijrosi hududlarga chiqqan holda o`rganilib, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etgan 216 ta qaror va topshiriqlar ijrosi bajarilishi ta`minlandi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Tekshirishlar natijasiga ko`ra, 343 nafar mansabdor shaxslar intizomiy va ma`muriy javobgarlikka tortildi hamda qo`pol qonun buzilishi holatlari yuzasidan 8 ta jinoyat ishlari qo`zg`atildi.

Shu bilan birga, 144 ta tadbirkorlik sub`ektlariga 114,5 mlrd. so`m va 281,3 mln. AQSh dollari miqdorida kredit mablag`lari, tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish uchun 1121 gektar er maydoni ajratilishi hamda 126 ta qishloq xo`jaligi texnika va agregatlari etkazib berilishi, 26 mlrd. so`m, 1,9 mln. AQSh dollari va 2,5 mln. evro miqdordagi kredit mablag`larining qaytarish muddatini uzaytirishga amaliy yordam ko`rsatildi, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirish uchun 89 mlrd. so`m miqdoridagi pul mablag`lari ajratilishi ta`minlandi.

Prezident qarorlarini so`zsiz ijrosini ta`minlash borasidagi nazorat faoliyati davom ettirilmoqda.

Комментарии