41

​«Hayot» filmi bayram kunlari MTRK telekanallari orqali efirga uzatiladi

Jamiyat 12.01.2019, 20:08
915
​«Hayot» filmi bayram kunlari MTRK telekanallari orqali efirga uzatiladi

14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan 2000 yildagi Sariosiyo voqelarida mardlik va jasorat ko`rsatgan yurti himoyachilariga bag`ishlangan «Hayot» filmi O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tasarrufidagi telekanalar orqali ikki kun efirga uzatiladi.

  • 13 yanvar kuni «O‘zbekiston» telekanalida — soat 22:00 da;
  • 14 yanvar kuni «Kinoteatr» telekanalida — soat 15:40 da;
  • 14 yanvar kuni «Yoshlar» telekanalida — soat 22:10 da.

Film ssenariysi Iqbol Mirzaaliev, Zulfiya Yunusova va Hilol Nasimovga tegishli. Kinoasar 2000 yildagi Sariosiyo voqealarida qatnashgan farg`onalik Hayot ismli yigitning taqdiri haqida hikoya qiladi.

Ma`lumki, 2000 yil avgust oyida janubiy sarhadlarimizga suqulib kirmoqchi bo`lgan xalqaro terroristik guruhlarga qarshi olib borilgan kurash chog`ida O`zbekiston Qurolli Kuchlari Maxsus operasiya kuchlari batalonining 21 nafar o`zbek o`g`loni qahramonlarcha halok bo`lgan.

Film rejissyori bo`lmish Hilol Nasimov o`zining «Tubanlik», «Odnoklassniki.ru», «Ajal jodusi» kabi kartinalari bilan tanilgan. Ushbu filmlar negizida terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash yotadi.

Shuningdek, O`zbekiston MTRK telekanallari orqali bayram munosabati bilan “Serjantlar”, “Sardor” va “Sardor 2” milliy seriallari, “Qasamyod”, “Vatanparvar”, “Jasur”, “Vatan” va “O`n sakkizinchi kvadrat” kabi vatanparvarlik ruhidagi filmlar namoyish etib kelinyapti.

Комментарии