41

Ming nafarga yaqin harbiy xizmatchilar yangi uyli bo`ldi (foto)

Jamiyat 12.01.2019, 20:20
676
Ming nafarga yaqin harbiy xizmatchilar yangi uyli bo`ldi (foto)

11 yanvar kuni poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi Olmos mahallasida Toshkent harbiy okrugi harbiy xizmatchilari uchun mo`ljallangan, 904 ta xonadondan iborat 31 uy foydalanishga topshirildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar beradi.

Uy kalitlarini o`z egalariga topshirish marosimida mudofaa vazirining birinchi o`rinbosari — Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig`i, general-mayor Pavel Ergashev, Toshkent harbiy okrugi qo`shinlari qo`mondoni, general-mayor Bahodir Qurbonov, tuman hokimligi, huquqni muhofaza qilish organlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari qatnashdi.

Mazkur uylar imtiyozli ipoteka kreditlari asosida zamonaviy uslubda qurilgan bo`lib, shinam va har tomonlama qulay xonadonlarga kirgan kishining ko`ngli yorishadi.

— O`g`lim o`n sakkiz yillik faoliyati davomida bir nechta viloyatda xizmat qildi, — deydi yangi xonadon sohiblarining biri bo`lgan podpolkovnik O`tkir Sattorovning onasi Farog`at aya Maqsudova. — Oilasi bilan etti marotaba ijara uy almashtirgan. Nabiralarim Xurshidjon va Elbek biri besh marta, biri uch marta maktabdan-maktabga ko`chdi. Bugun esa ular o`zlarining Vataniga ega bo`ldi. Men bundan juda ham hursandman.

Ta`kidlash kerakki, 2018 yilda Toshkent harbiy okrugi harbiy xizmatchilari uchun aynan shu mahallada 18 ta uyda joylashgan 540 ta xonadon imtiyozli ipoteka kreditlari asosida topshirilgan edi. Joriy yilda mazkur ko`rsatkich deyarli ikki barobar oshgan. Bu ham bo`lsa hukumatimiz tomonidan harbiy xizmatchilarga qaratilayotgan e`tiborning yorqin namunasidir.

Комментарии