Долзарб мавзулар Foto

Germaniyada O`zbekiston kunlari bo`lib o`tmoqda

Бўлимлар: Madaniyat
Теглар:
Добавлено: 14.01.2019, 21:28

Germaniyaning Dyusseldorf shahridagi ko`rgazmalar zalida "O`zbekiston kunlari" ma`rifiy tadbiri ochildi.Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Tadbir doirasida badiiy ko`rgazma ham tashkil etildi. Unda O`zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a`zolari Sanjar Jabborov, Nuriddin Rasulov, Diyor Roziqov, Nigora Sharifxo`jaeva asarlari namoyish etilmoqda. Bu o`zbek musavvirlari 2018 yilning yoz oylarida Germaniyaning Duysburg shahrida bo`lib o`tgan yirik ko`rgazmada ham ishtirok etgan edi.

Tasviriy san`at sohasida ikki mamlakat ijodkorlarining hamkorligi tobora faollashmoqda. Dyusseldorfdagi O`zbekiston kunlari doirasida tashkil etilgan ko`rgazmada 2018 yilning dekabr oyida Toshkentda o`tkazilgan ko`rgazmada ishtirok etgan nemis ijodkorlarining ishlari ham taqdim etildi.

Bu erda tashrif buyurgan ishtirokchilar, shu jumladan, germaniyaliklar yurtimiz san`ati bilan yaqindan tanishmoqda. Ko`rgazma 18 yanvarga qadar davom etadi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA