Долзарб мавзулар Foto

O`zbekistonda milliy avtomobillar ishtirok etgan 3D multfilm suratga olindi

Бўлимлар: Madaniyat
Теглар:
Добавлено: 17.01.2019, 13:45

Kichkintoylar uchun sarguzashtlarga boy yangi multfilm yaratildi.

Mazkur 3D multfilm «Avto sarguzashtlar» deb nomlanib, har bir qismi 3-4 daqiqadan iborat bo`ladi. Unda asosiy qahramonlar barchamizga yaxshi tanish bo`lgan milliy avtomobillarimiz bo`lib, multfilm voqealari markazida kichkintoy Matiz. Quvnoq avtomobillar istiqomat qiladigan zamonaviy shahar yaratilishida zamonaviylik va milliylik uyg`unlashtirilgan bo`lib, tomoshabinlar hammamizga tanish bo`lgan binolar, masjidlar, muzeylar, mehmonxonalar va hattoki, qurilish ishlari jadal davom etayotgan yangi Tashken City majmuasini ham ko`rishlari mumkin bo`ladi.

alt

Multfilm qahramonlari qiyofasini illyustrator, rassom va multfilmning sahnalashtiruvchi rassomi Zilola Hamidova yaratgan. Ovozlashtirish jarayonida ham el suygan dublyaj ustalari qatnashgan bo`lib, multfilmning bosh qahramoni Matizga mahoratli aktrisa Sanobar Sodiqova ovoz bergan. Undan tashqari, Sanjar Sa`dullaev, Oybarchin Bakirova, Mahmud Ismoilov, Laziza Aslzoda, serqirra aktyor Akbarxo`ja Rasulovlar ham ovozlashtirish jarayonida bor mahoratlarini namoyish etganlar.

alt

Multfilm «O`zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan «Astir Animation Studio» korxonasi tomonidan ishlangan. Sahnalashtiruvchi rejissyor Abdulatif Haydarov boshchiligida yaratilgan «Avto sarguzashtlar» nomli 3D animason filmlar turkuminiiinnng ssenariysi Ismoil Shomurodov tomonidan yozilgan. Har biri 3-4 daqiqani tashkil etadigan 6ta qismdan iborat multfilmni yaratish uchun 11 oy vaqt sarflangan. Uning yaratilishida 15-20 nafarga yaqin mutaxassislar ijod qilgan.

alt

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA