Долзарб мавзулар Foto

Germaniyadan videoreportaj: Mediaivent yakuni

Бўлимлар: Madaniyat
Теглар: Video
Добавлено: 17.01.2019, 17:21

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Germaniya Federativ Respublikasiga rasmiy tashrifi arafasida Berlinda "Buyuk ipak yo`li merosi – O`zbekiston va Germaniya o`rtasidagi ko`prik sifatida" mavzusida xalqaro ilmiy-madaniy forum tashkil etildi.

Forum doirasida O`zbekistonning Berlindagi elchixonasida “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida“ loyihasining kitob-albomlari ko`rgazmasining ochilishi, shuningdek, Prezidentimiz tabrik so`zi bitilgan "O`zbekiston madaniy merosi Germaniya to`plamlarida" illyustrasiyali kitob-albomi taqdimoti bo`lib o`tdi.

Tadbirda 150 dan ortiq siyosatchi, olimlar va OAV xodimlari qatnashdi.

Tadbirda O`zbekistonning Germaniyadagi elchisi Nabijon Qosimov so`zga chiqib: "Bunday dinamika meni juda ham quvontiradi. O`zbekiston hozirda Germaniya bilan aloqani kengaytirmoqda. Ko`plab nemislar mamlakimiz haqida ko`proq ma`lutga ega bo`lishini xohlayman", - deb aytdi.

Kechaning eng yorqin voqealaridan biri, tadbirda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Folksvagen Fondini “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlanishi haqidagi farmoni oʻqib eshittirildi. Fond 2014 yildan boʻyon 32 hamkorlikdagi qoʻshma ilmiy loyihalarni qoʻllab-quvvatlab, moliyalashtirgan.

Shuningdek, Oʻzbekiston Prezidenti farmoni bilan “Fridensdorf-Interneyshnl” hayriya fondi “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlandi. Mazkur tuzilma yordamida 16 yilllik hamkorlik davomida 300 nafardan ortiq bola Germaniyada bepul davolandi.

Bundan tashqari, davlatimiz rahbari farmoni bilan “Doʻstlik” ordeni bilan Berlindagi Gumboldt universititening Markaziy Osiyo boʻlimi rahbari, professor Ingeborg Valdauf ham taqdirlandi.

Rasmiy qismdan so`ng, kecha yorqin madaniy dastur bilan davom etdi. O`zbek ijrochilari va O`zbekistondagi nemis madaniyat markazi jamoasi kuy-qushiqlar bilan yaxshi kayfiyat ulashdi.

Media-iventning so`nggi tadbiri sifatida - milliy uslubdagi "O`zbekiston Buyuk Ipak yo`lining yuragi" deb atalgan gala-kechki ovqat bo`lib o`tdi.

Unda "Palov - o`zbek taomlari brendi" videoroligi taqdim etildi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA