Долзарб мавзулар Foto

O`zbek "Oskar"iga aylanishi kutilayotgan "Oltin humo" kinotaqdimoti bo`lib o`tadi

Бўлимлар: Madaniyat
Теглар:
Добавлено: 21.01.2019, 17:13

2019 yilning 10 aprel kuni “O`zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi” NNT, “O`zbekkino” Milliy agentligi, “Milliy” telekanali hamkorligida “Oltin humo” kinotaqdimoti bo`lib o`tadi.

Kinotaqdimot doirasida matbuot anjumani, davra suhbatlari, ijodiy, malaka almashish bo`yicha uchrashuvlar tashkil etiladi.

Ushbu anjumanni an`anaviy tarzda har yili ijodiy ishlarning yillik sarhisobiga muvofiq, 10 aprel kuni o`tkazish ko`zda tutilgan.

Kinotaqdimot g`oliblari quyidagi nominasiyalar bo`yicha taqdirlanadi.

  • “O`zbek kinematografiyasi rivojiga qo`shgan hissasi uchun” “OLTIN HUMO” maxsus mukofoti
  • “Eng yaxshi hujjatli film”;
  • “Eng yaxshi animasion film”;
  • “Eng yaxshi grafika ishi”;
  • “Eng yaxshi ovoz rejissyori”;
  • “Eng yaxshi montaj ishi”;
  • “Eng yaxshi grim rassomi”;
  • “Eng yaxshi liboslar bo`yicha rassom ishi”;
  • “Eng yaxshi rassom ishi”;
  • “Eng yaxshi kino bastakori”;
  • “Tomoshabinlar mehrini qozongan film”;
  • “Eng yaxshi operatorlik ishi”;
  • “Eng yaxshi ssenariy”;
  • “Eng yaxshi rejissyorlik ishi”;
  • “Eng yaxshi erkak roli uchun”;
  • “Eng yaxshi ayol roli uchun”;
  • “Eng yaxshi film”.

O`zbek “Oskar”iga aylanishi kutilayotgan "Oltin humo"ga kelgusida bardavomlik, bir paytlar kino sohasida berilgan shu kabi sovrinlar singari “bir martalik” bo`lib qolmasligini tilaymiz.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA