Долзарб мавзулар Foto

​Piyoda o`limiga sabab bo`lgan haydovchi qidirilmoqda

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 12.02.2019, 21:24

Kecha, 11 fevral kuni Namangan viloyatining Chust tumanida yo`l-transport hodisasi yuz berdi. Natijada bir kishi halok bo`ldi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.

Hozircha shaxsi noma`lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinada Chust tumani “Zarafshon” MFY hududidan o`tuvchi yo`lining 41-km.da piyoda, “Mirzaobod” MFYda yashagan 35 yoshli O`.T. ismli ayolni urib yuborgan. YTH yuz bergach, voqeadan joyidan qochib ketgan.

Natijada O`.T. jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan va ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shu erda vafot etgan. Ushbu yo`l-transport hodisasini sodir etgan noma`lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko`rilgan.

“Hurmatli fuqarolar, agar orangizda kimda-kim ushbu shaxs va avtomashina haqida biron-bir ma`lumotga ega bo`lsa, ichki ishlar organlarining xodimlariga yoki “102” telefon raqamiga qo`ng`iroq qilib, xabar berishingizni so`raymiz”, - deyiladi xabarda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA