Долзарб мавзулар Foto

O`FA Krishtianu Ronaldu tahsil olgan Portugaliyaning "Sporting" klubi akademiyasi bilan hamkorlikni yo`lga qo`ydi

Бўлимлар: Sport
Теглар:
Добавлено: 21.02.2019, 20:58

O`zbekiston futbol assosiasiyasi mamlakatimizda futbolni rivojlantirish uchun xorijiy mamlakatlar futbol federasiyalari, klublar va akademiyalar bilan yaqin hamkorlikni o`rnatib ish olib borishga asosiy e`tiborni qaratmoqda.

Jumladan, O`zbekiston futbol assosiasiyasi mutasaddilari San`at Sharipov va Sharofiddin Hojiniyozov Portugaliyaning "Sporting" klubiga tashrif buyurib, bu klub bilan hamkorlik masalalari bo`yicha kelishib olishdi.

Jumladan, "Sporting" klubi akademiyasi direktori Paulo Gomes va klubning Sport loyihalarini amalga oshirish bo`yicha mas`uli Diego Goma bilan uchrashuv chog`ida O`FA mutasaddilari bolalar futbolini rivojlantirish va murabbiylar malakasini oshirish mavzusida suhbatlashishdi. Shuningdek, yozda mamlakatimizda "Sporting" klubi futbol oromgohi tashkil etishi bo`yicha ham maslahatlashib olindi.

"Sporting" klubi akademiyasi dunyoga mashhur akademiya bo`lib, o`z vaqtida bu erda Luish Figu, Krishtianu Ronaldu kabi jahon yulduzlari, "Oltin to`p" sohiblari tahsil olishgan. 2016 yil Evropa chempionligiga erishgan Portugaliya terma jamoasi tarkibidagi 23 nafar futbolchining 10 nafari "Sporting" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

"Biz futbolchilardan o`zining yoshiga mos standartlar asosida mehnat qilishni, mashg`ulotlar olib borishni talab qilamiz. Biz 14-15 yoshli futbolchidan aqlbovar qilmas o`yin ko`rsatishni so`ramaymiz. Bu yoshda u o`z salohiyatini to`liq namoyish qila olmaydi. Ammo bizning talablar asosida mehnat qilsa, 20 yoshga borib biz "tayyor mahsulot" - top-klublar e`tiborini qozona oladigan futbolchiga ega bo`lamiz. Akademiyamiz tarbiyalanuvchisi Krishtianu Ronaldu bunga yorqin misol",- deydi klub direktori Paulo Gomes.


Diego Goma esa 7 yil davomida Qatarning mashhur "Aspire" akademiyasida faoliyat olib borib, futbolchilarni tayyorlash, ularning iqtidorini yuzaga chiqarish bo`yicha katta hajmdagi mehnatni amalga oshirdi. Qatar milliy terma jamoasining yaqinda BAAda o`tgan Osiyo Kubogidagi muvaffaqiyatida mazkur insonning ham hissasi katta deb aytish mumkin.

Muzokaralar davomida Diego Goma yozda mamlakatimizga tashrif buyurib, "Sporting" klubi tomonidan tashkil qilinadigan futbol oromgohida ishtirok etishi bo`yicha kelishib olindi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes

SUG'DIYONA