Долзарб мавзулар Foto

O`zbekiston energetika vazirligi va USAID o`rtasida o`zaro anglashuv memorandumi imzolandi

Бўлимлар: Iqtisodiyot
Теглар:
Добавлено: 27.02.2019, 17:57

Joriy yilning 27 fevral kuni Toshkent shahrida O`zbekistonda energetika sektorini qo`llab-quvvatlash sohasi bo`yicha hamkorlik qilish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) o`rtasida o`zaro anglashuv memorandumini imzolash marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur hujjat O`zbekiston RespublikasiEnergetika vaziri Alisher Sultonov va USAID administratori yordamchisi o`rinbosari Xaver Pedra tomonidan imzolandi.

Memorandumga muvofiq, tomonlar sherikligi energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanadigan energetikadan foydalanish va O`zbekistonning Markaziy Osiyo energetika bozoridagi ishtirokiga doir loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan.

Hozirgi kunda o`ta dolzarb ahamiyat kasb etayotgan «Kelajak energiyasi», «Energetik aloqalar», «Markaziy Osiyoning mintaqaviy elektr energiyasi bozori» singari hamkorlikdagi loyihalar ikki mamlakat o`rtasida amalga oshirilayotgan muvaffaqiyatli investisiyaviy aloqalarning yorqin namunasi bo`lib, mintaqaning yaxlit elektr energiyasi tarmog`i, yoqilg`i-energetika manbalarining yagona bozorini yaratishga xizmat qilmoqda.

So`nggi yillarda O`zbekiston Markaziy Osiyoda mintaqaviy elektr energiyasi bozorini rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda. Mamlakatimizga Qirg`iziston, Tojikiston va Turkmanistondan elektr energiyasi importi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan bo`lsa, yurtimizdan esa Afg`oniston davlatiga elektr energiyasi eksport qilinmoqda. O`zbekiston va Tojikiston energiya tizimlarining hamohang faoliyatini ta`minlashga qaratilgan loyiha nihoyasiga etmoqda.

Xaver Pedra CAREM doirasidagi ishlar Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari, xususan O`zbekistonning ishonchli va ancha arzon elektr energiya manbalaridan foydalanishi uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilganini qayd etdi.

– USAID tomonidan zarur chora-tadbirlarni joriy etish va mamlakatingizga investisiya jalb etish imkonini beruvchi tadbirlar o`tkazish rejalashtirilmoqda. Hamkorlikdagi faoliyatimiz davomida toza energiya ishlab chiqarish, ish o`rinlari yaratish, shuningdek, O`zbekiston xalqi uchun energetika tizimini barqaror rivojlantirish diqqat markazimizda bo`ladi. Bu energiyani oqilona taqsimlash va ko`p jihatdan atrof-muhit muhofazasi bilan bog`liq muammolarni hal etish imkonini beradi, - dedi Xaver Pedra.

Imzolangan memorandum yangi, iqtisodiy jihatdan maqbul, integrasiyalashgan elektr energiyasi bozorini yaratishda mintaqaning beshta mamlakatini qo`llab-quvvatlashga qaratilgan CAREM - «Markaziy Osiyo mintaqaviy elektr energiyasi bozori» loyihasini amalga oshirish yo`lidagi yaqin hamkorlikning ibtidosi bo`ladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA