Долзарб мавзулар Foto

Sifati kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

Бўлимлар: Jinoyat
Теглар:
Добавлено: 13.03.2019, 20:57

Qoraqalpog`iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida yurtimiz hududiga bojxona rasmiylashtiruvidan chetlab, yashirin yo`llar bilan olib kirilgan tovar moddiy boyliklarining noqonuniy muomalasiga chek qo`yildi.

Jumladan, To`rtko`l tumanida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqarolar G.R. va X.M.lar qiymati 50 million so`mga teng bo`lgan 7 xil turdagi og`irligi 771,2 kilogramm bo`lgan dengiz mahsulotlaridan tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari va 75,9 litr salqin ichimliklarni mamlakatimiz hududida qayta sotish maqsadida olib kelayotganda qo`lga olindi.

Shuningdek, fuqaro U.F. qiymati 4 million so`mdan ortiq 151,5 litr salqin ichimliklarni, fuqaro A.Sh. esa qiymati 50 million so`mdan ko`p bo`lgan og`irligi 563,5 kilogrammga teng dengiz mahsulotlaridan tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlarini mamlakatimiz hududiga yashirin tarzda olib kirayotganda fosh etildi.

Fuqarolar D.M., B.O., U.J. va A.X.lar esa qiymati 8 million so`mdan ziyod bo`lgan jami 30 litrga teng alkogol mahsulotlarini, 63,84 kilogramm xurmo va 67,5 litr mineral suvlarini davlatimiz hududiga noqonuniy olib kirib, oldindan til biriktirga shaxslarga topshirayotgan vaqtida to`xtatib qolindi.

Olib borilgan chora-tadbirlar natijasida jami 112 million so`mlik tovar-moddiy boyliklari ashyoviy dalil tariqasida olib qo`yildi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA