Ташкент +4° Sat 15:03
Долзарб мавзулар Foto

HUQUQShUNOS: “So`z erkinligi, bu – istalgan odamni haqorat qilish, tuhmat yog`dirish mumkin degani emas”

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 14.03.2019, 13:04

Xorazmlik Q.S. «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog`iga «Adolat izlab», «Adolat qachon?» degan sarlavhalar bilan video yuklagan. Videoda Xonqa tumani hokimi DXX xodimlari bilan til biriktirib, uni va akasi E.S.ni soxta ayblov bilan qamatib yuborgani, fermer xo`jaligi er maydonlarini noqonuniy tortib olib, pora evaziga boshqa bir fuqaroga berib yuborgani aytilgan.

Videoda ta`kidlanishicha, tuman hokimi 15—20 gektar erni 5—10 ming dollardan sotib yuborgan. «Q.S. bu gaplari bilan u tuman hokimini juda ko`p miqdorda pora olganlikda ayblab, sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatib, qasddan tuhmat qilgan», — deya Daryo nashriga xabar bergan jinoyat ishlari bo`yicha Xonqa tuman sudi raisi Maqsudbek Qilichev.

Sudyaning bunday deyishga asosi bor — videoda keltirilgan holatlar tegishli tartibda o`rganilibdi, boz ustiga Q.S. aytgan gaplari, keltirgan faktlarini dalillar bilan isbot qilib berolmabdi. Uning ta`kidlashicha, Q.S. tuman hokimiga tuhmat qilganidan tashqari, firibgarlik bilan ham shug`ullanib, ikkita odamning ish haqini bermay kelgan. «Q.S. qilgan tuhmati va firibgarligi uchun 1 yilu 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi», — deydi sudya Qilichev.

Shahar bedarvoza emas, har bir aytilgan so`zning javobi bor. Afsuski, ijtimoiy tarmoqlarda odamlar yoki bilib, yoki bilmay, o`zgalar haqida juda ko`p yolg`on va tuhmatlar tarqatishadi, bemalol haqorat qilishadi. Aslida bunday holatlarda mana shunaqa sud orqali javobgar qilish amaliyotini yanada keng qo`llash tarafdoriman. So`z erkinligi, bu - istalgan odamni haqorat qilish, tuhmat yog`dirish mumkin degani emas.

O`zA

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии