Ташкент +4° Sat 16:03
Долзарб мавзулар Foto

Nefrologiyaning dolzarb muammolari

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 14.03.2019, 15:14

14 mart – Butunjahon buyrak kuni

Poytaxtimizdagi “O`zbekiston” mehmonxonasida Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan nefrologiyaning dolzarb muammolariga bag`ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o`tkazilmoqda.

14 mart – Butunjahon buyrak kuni munosabati bilan tashkil etilgan mazkur anjumanda Sog`liqni saqlash vazirligi mas`ullari, hududiy boshqarmalar, ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, tibbiyot oliy o`quv yurtlari vakillari hamda Germaniya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Turkiya va Ukraina kabi davlatlardan mutaxassislar ham ishtirok etmoqda.

Xalqaro anjumanda nefrologiyaning dolzarb muammolari: kecha va bugun, nefrologik kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo`yish va davolashning yangi va samarali usullarini joriy etish, gemodializdagi zamonaviy texnologiyalar, dializ va buyraklarni transplantasiya qilish masalalari, yuqori texnologiyali usullar va zamonaviy standartlardan keng foydalangan holda gemodializ yordamga muhtoj bemorlar umrini uzaytirish kabi sohadagi dolzarb mavzular batafsil muhokama qilinmoqda.

O`zA

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии