Ташкент +4° Fri 13:24
Долзарб мавзулар Foto

Sergeli yoshlar etakchisi: “Boshida oson bo`lgani yo`q”

Бўлимлар: Jamiyat
Теглар:
Добавлено: 14.03.2019, 18:39

Bugun O`zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan poytaxtimizning Sergeli tumani hokimligida “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda jamoatchilikning o`rni” mavzuida ochiq muloqot bo`lib o`tdi.

Unda O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o`rinbosari – Begmat Ochilov, Ittifoqning Toshkent shahar Kengashi raisi – Akmal Jumaboev, O`zbekiston Musulmonlar idorasi raisi o`rinbosari – Ibrohim Inomov, O`zbekiston faxriylarning ijtimoiy faoliyatini qo`llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg`armasi boshqaruvi raisining maslahatchisi – Sobir Qurbonov va Amir Temur Xalqaro ekspedisiyasining rahbari – Faxriddin Ashrafxo`jaevlar ishtirok etdi.

Muloqotda yoshlar siyosatini samarali tashkil etishda qator vazirlik, idora va tashkilotlar mas`ul ekani alohida ta`kidlandi.

Sergelilik yoshlar hayotida yuz berayotgan o`zgarishlar, ularning tashabbuslari bilan tanishish maqsadida Ittifoqning Sergeli tuman Kengashi raisi Gulnora Hojimetova bilan suhbatlashdik.

– Sergeli tuman Kengashida faoliyat boshlaganimga 2 oydan oshdi. Tuman yoshlarini o`rganish jarayonida bir narsaga amin bo`ldimki, ular o`zlari uchun qanday imkoniyatlar yaratilgani bilan ko`pam qiziqavermaydi. Ishni yoshlarni uyg`otishdan boshladim. Buning bir yo`li tengdoshlari erishgan yutuqlarini ko`rsatish, bu orqali ularda havas va harakatni yuzaga chiqarish edi. Yutuqlarga erishgan, oliy ta`lim muassasalariga Ittifoq tavsiyanomasi bilan imtiyozli kirgan yoshlar bilan suhbatlar o`tkazdik. Shundan keyin yoshlarimizda jonlanish sezildi.

Opa, qanday tadbirkorlik qilsak bo`ladi” deb kelganlarni yig`dim-da, tumandagi 6 gektar maydonni egallagan Sergeli sanoat zonasidagi “Imzo” eshik va romlar korxonasiga olib bordim. U erda yoshlar mahsulotni ishlab chiqarilishidan tayyor holatda o`rnatilishigacha bo`lgan jarayonni kuzatdi. O`qishni tugatib tadbirkorlik qilaman, shunday seminarlar bo`lsa, xabar qiling, deb tashabbus bilan chiqishdi. Keyin qizlarni atrofimga yig`dim. Ularda faollik etishmayotgandi. Chunki men xotin-qizlar nafaqat oilada, balki jamiyatda ham o`z mavqeiga ega bo`lishini xohlayman. “Qizlar kuni”ni tashkil qildik. Falsafa fanlari doktori, professor, ekspertJamila Shermuhammedova 500 dan ortiq sergelilik qizlarning savollariga javob berdi. Ularni kelajakda faol bo`lishi, har bir qizning aytar so`zi, jamiyatda o`z o`rniga ega bo`lib yashashi kerakligini uqtirdi. “Hokim yoshlar bilan elkama-elka”, “O`z daraxtingni o`zing ek” aksiyalarini o`tkazdik.

Tumandagi Ittifoq komandasini shunday qilib to`pladim va yana jamoani kengaytirib boryapman.

Albatta yoshlar bilan ishlash, ular o`rtasidagi huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni oldini olish, bandligini ta`minlash bu birgina tashkilotning emas, keng jamoatchilikning vazifasi hamdir. Shuning uchun biz bugungi muloqotimizni tashkil qildik.

Ta`kidlash kerakki, muloqotda sohadagi amaliy ishlar tahlil qilinib,mutasaddilar tomonidan yo`l qo`yilayotgan ayrim kamchiliklar hamda erishilgan natijalar haqida ma`lumot berildi.

Kelgusida ijobiy natijalarni qo`lga kiritishga qaratilganustuvor chora-tadbirlarni amalga oshirish bo`yichafikr-mulohazalar yuritildi.

Go`zal Oxunova

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

17.03.2019, 19:57
14.03.2019, 13:16