Долзарб мавзулар Foto

Bojxonachilar “Tramadol” tabletkalarini olib o`tmoqchi bo`lgan shaxslarni fosh etishdi

Бўлимлар: Jinoyat
Теглар:
Добавлено: 15.03.2019, 17:34

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari navbatdagi bojxona qonunbuzilishi holatiga o`z vaqtida chek qo`yishdi.

Jumladan, “Boldir” temir yo`l chegara bojxona posti orqali, mamlakatimizga yo`lovchi poezdida kirib kelgan fuqaro H.Z. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi. Natijada, fuqaroning cho`ntaklarida bojxona xodimlariga ma`lum qilinmagan, O`zbekiston Respublikasida muomalasi cheklangan giyohvandlik vositalari ro`yxatiga kiruvchi “Tramadol 50 mg” nomli 20 dona kapsulalar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoiy ish qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA