Долзарб мавзулар Foto

Arxeologiya muzeyida maxsus ko`rgazma tashkil etildi

Бўлимлар: Madaniyat
Теглар:
Добавлено: 05.04.2019, 13:05

Termizdan maxsus muxbirimiz R.Jabborov xabar qiladi:

Ayni paytda Termizning har bir ko`chasi, har bir mahallasida bayram kayfiyati hukmron. Shaharning madaniy-ma`rifiy muassasalarida Xalqaro baxshichilik san`ati festivali munosabati bilan turli tadbirlar o`tkazilmoqda.

Termiz arxeologiya muzeyi ham festival ishtirokchilari va mehmonlar uchun o`z eshiklarini ochgan. Bu erda “Surxon vohasi – baxshilar diyori” deb nomlangan ko`rgazma davom etmoqda.

–Ushbu ko`rgazma 28 mart kuni ochilgan, festival davomida ochiq bo`ladi, - deydi muzey ilmiy xodimasi Shahnoza Quvvatova. – Ko`rgazmada surxon vohasida yashab ijod qilayotgan baxshialrannig hayoti haqida hikoya qiluvchi ko`rgazmalari vositalar, fotsuratlar o`rin olgan.

Tomoshabinlar shuningdek, muzeydan Surxondaryo hududidan topilgan noyob arxeologik topilmalar bilan ham yaqindan tanishishi mumkin.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA