Долзарб мавзулар Foto

Tojikiston madaniyat vaziri: mamlakatlarimizda madaniy merosni asrab-avaylashga katta e`tibor qaratilmoqda

Бўлимлар: Madaniyat
Теглар:
Добавлено: 05.04.2019, 19:33

Termiz shahrida o`tayotgan Birinchi xalqaro baxshichilik san`ati festivalida dunyoning 70 dan ortiq mamlakatidan baxshilar, oqin va jirovlar, folklor ijrochilari, mutaxassislar ishtirok etmoqda. Ayni paytda tadbirga turli mamlakatlarning vazirlik va idoralari rahbarlari ham taklif etilgan.

Shamsiddin Orumbekzoda,Tojikiston Respublikasi Madaniyat vaziri:

-O`zbek va tojik xalqlari azaldan bir daryodin suv ichib, asrlar davomida bir-biriga suyanch, elkadosh bo`lib kelgan. Keyingi yillar mamlakatlarimiz o`rtasidagi munosabatlar tobora yaxshilanib borayotganini alohida iftixor bilan ta`kidlash lozim. Har ikki mamlakat rahbarlari xalqlarimizning mushtarak madaniy merosini asrab-avaylash. Yosh avlodni ana shu milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalashga katta e`tibor qaratilmoqda. Bugun Termizda o`tayotgan baxshichilik san`ati festivali ham ana shunday ezgu tadbirlardan biri sanaladi. Men termizga oldin ham kelganman. Sobiq tuzum yillarida Toshkentda ikki yil o`qiganman. Ammo, u paytlarda madaniy merosimizga ham, milliy qadriyatlarga ham boshqacha nuqtai nazardan qaralar edi. Bugun zamon o`zgardi, qarashlar o`zgardi. O`z ma`naviy xazinamizni o`zimiz xolisona o`rganish va targ`ib etish imkoniga ega bo`ldik. Aslida, xalq og`zaki ijodi namunalarini qaraydigan bo`lsak, juda ko`p mushtarak jihatlarni ko`ramiz. O`zbek xalqining baxshichilik san`ati singari tojik xalqning o`ziga an`analari bor. Bunday an`ananing davomchilari dostonsarolar yoki go`ro`g`lixonlar deb yuritiladi. Bugungi tadbirga ham olti nafar tojikistonlik vakillar ishtirok etish uchun kelishgan. Ularning uch nafari baxshilardir. E`tiborlisi, ulardan biri 93 yoshda bo`lsa, yana bir 76 da, eng yoshi 30 yoshda. Shu misolning o`ziyoq bugun an`analarni yosh avlod vakillari ham davom ettirayotganini ko`rishimiz mumkin. Nasib etsa, bunday tadbirlar bizning yurtimizda ham bo`ladi.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA