42

Turkiyada tashkil qilingan “Hestourex 2019” ko`rgazmasi MOQ nigohida

Sport 07.04.2019, 23:40
1155
Turkiyada tashkil qilingan “Hestourex 2019” ko`rgazmasi MOQ nigohida

4-7 aprel kunlari Turkiyada turizm salohiyatlarini namoyish etuvchi ko`ptarmoqli 3th World Health Sport Alternative Tourism Congress & Exhibition (Hestourex 2019) ko`rgazma yarmarkasi bo`lib o`tmoqda. Ushbu ko`rgazma o`z ichiga asosan medisina, turizm va sport yo`nalishlarini qamrab olgan. Ta`kidlash joiz, mazkur tadbir Turkiya prezidenti devoni tashabbusi ostida tashkil qilingan bo`lib, mamlakatning bir qator vazirlik va idoralari ham uni qo`llab-quvvatalmoqda.

“HESTOUREX”ning asosiy maqsadi – professional biznes uchrashuvlarida mamlakatlar o`rtasida ikki tomonlama hamkorlik orqali muqobil sohalarda turizmni rivojlantirish (sog`liqni saqlash, sport va boshqalar).
Ushbu tadbirda O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi prezidenti maslahatchisi Nazirjon Xudoyqulov va MOQ xalqaro aloqalar departamenti direktori Kamoliddin Ergashev ham ishtirok etmoqda.

Tashkilotchilar sport sohasida o`zlarining maksimal imkoniyatlarini O`zbekiston MOQ vakillariga namoyish etish uchun ularga Qaysari shahrida tur tashkil qilishdi. Ushbu shaharning geografik ahamiyati shunda ediki, hudud dengiz sathidan 1000 metrdan baland nuqtada joylashgan. Toza havo, yaratilgan qulay sharoitlar nafaqat turistlar, balki sportchilar uchun ham ayni muddao. Bu erga ko`plab sport turlari, ayniqsa, engil atletika, velosport bilan shug`ullanadigan terma jamoalar tashrif buyurib, yuqori qulaylikda o`quv-mashg`ulot yig`inlarini o`tkazishlari mumkin. Qishki sport turlari bilan shug`ullanuvchilarga esa Erdjies kurorti o`z xizmatlarini taklif qilmoqda. Ta`kidlash joiz, kurortning osma yo`llari o`tgan quyi stansiyalari dengiz sathidan 2250 metr, yuqori bekatlari esa 3400 metr balandlikda joylashgan.

Ko`rgazmada e`tiborga olish lozim jihati unda O`zbekiston MOQ vakillari Turkiyaning sport federasiyalari bilan muzokara va suhbatlar olib borishdi. Ushbu muzokaralar B2B formatidagi biznes uchrashuvlar, xizmat taklif qilayotgan tomonning taqdimotlarini o`z ichiga olib, qiziqtirgan savollarga javob berildi. Suhbat yakunida ko`p sohalarda ikki tomonlama hamkorlik borasida muhim kelishuvlar amalga oshdi.

Voqea joyidan eksklyuziv fotoreportaj:

Комментарии