Долзарб мавзулар Foto

Kann Xalqaro kinofestivalida ikkinchi marotaba «Uzbekistan» milliy paviloni tashkil etiladi

Бўлимлар: Madaniyat
Теглар:
Добавлено: 08.04.2019, 13:02

«Uzbekistan» milliy paviloni O`zbekiston yoshlar ittifoqi, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi, “O`zbekkino” Milliy agentligi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi, O`zbekiston milliy kinokomissiyasi va O`zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil qilinmoqda.

Bu borada O`zbekiston milliy kinokomissiyasi Kann kinofestivali direksiyasi bilan tegishli shartnoma imzolagan bo`lib, hozirgi kunda milliy pavilonni tashkil qilish bilan bog`liq tashkiliy jarayon olib borilmoqda.

Ushbu nufuzli kinotadbir davomida betakror yurtimizning kinoturizm salohiyati va qulay kinolokasiyasini targ`ib qilish, taniqli kinokompaniyalarni mamlakatimizga o`z filmlarini suratga olish uchun taklif qilish, PROlogue V Xalqaro kinofestivalining taqdimoti, jahon kinosanoati vakillari bilan O`zbekiston ishtirokida qo`shma kinoloyihalar bo`yicha kelishuvlarga erishish hamda milliy filmlarimiz targ`iboti rejalashtirilgan.

72-Kann Xalqaro kinofestivali 2019 yilning 14-25 may kunlari Fransiyaning mashhur Kruazet bulvaridagi Festivallar va kongresslar saroyida o`tkaziladi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekistonning ilk milliy paviloni yosh kinoijodkorlar tomonidan 2018 yili O`zbekiston yoshlar ittifoqi va Kinematografiyani rivojlantirish markazi tashabussi bilan tashkil qilingan edi. Joriy yilning fevral oyida o`tkazilgan Berlin Xalqaro kinofestivali (Berlinale) doirasidagi kinobozorda ham ilk marotaba ishtirok etilib, ko`plab hamkorlik aloqalari yo`lga qo`yilgan.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa

SUG'DIYONA