Ташкент +4° Fri 15:06
Долзарб мавзулар Foto

“Altin Mergen” turnirini bronza medali bilan boshladik

Бўлимлар: Sport
Теглар:
Добавлено: 08.04.2019, 23:16

Xabar berganimizdek, shu kunlarda Qozog`istonning Chimkent shahrida pnevmatik qurollardan o`q otish bo`yicha “Altin Mergen” nomli xalqaro musobaqa bo`lib o`tmoqda. Ayni paytga kelib, terma jamoamiz musobaqadagi dastlabki medalini qo`lga kiritdi.

Ayollar o`rtasida 10 metrdan pnevmatik to`pponchadan o`q otish bahslarida yosh iste`dodli vakilamiz Iroda Azimboeva bronza medalini qo`lga kiritdi. Musobaqa doirasida bir qator vakillarimiz ertaga bo`lib o`tadigan final yo`llanmasiga ega bo`lganini inobatga olsak, merganlarimizning yana qator muvaffaqiyatga erishishi kutilmoqda.

“Altin Mergen” xalqaro turniri. Qozog`iston
10 metr, to`pponcha. Ayollar

1. Irina Potkionova (Qozog`iston)
2. Olga Aksyonova (Qozog`iston)
3. Iroda Azimboeva (O`zbekiston)

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Mutolaa