Ташкент +4° Tue 16:45
Долзарб мавзулар Foto

​O`zbekiston kursanti bugun Vatanga MMA kamarini olib keladi (video)

Бўлимлар: Sport
Теглар:
Добавлено: 09.04.2019, 12:38

Qirg`iziston poytaxti Bishkek shahridagi “Archa-beshik” sport majmuasida aralash kurashlarning MMA yo`nalishi bo`yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi “Batir bashi”IV etno turniri boshlangan edi. Mazkur nufuzli turnirda 84 kg vaznlilar o`rtasida O`zbekiston sha`nini Qurolli Kuchlar akademiyasining 4-bosqich kursanti Bekzod Nurmatov hamda Abdulaziz Utamurodov himoya qilishgan. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Abdulaziz Utamurodov qirg`izistonlik raqibi Qodir Kurstan ug`liga qarshi o`tkazgan jangida texnik nokaut bilan g`alabani qo`lga kiritgan. Bekzod Nurmatov esa yana bir Qirg`iziston sportchisi Jakip Tuganbaev bilan kechgan og`ir bahsning ikkinchi raundida og`rituvchi usulni mohirlik bilan qo`llagan holda raqibdan qo`li baland keldi. Finalga chiqqan ikki hamyurtimiz o`zaro kuch sinashi kerak edi. Ammo, Abdulaziz Utamurodov birinchi jangda oyoq qismida olingan tan jarohati hamda murabbiylarning jangni olib borishiga qarshiligi sabab to`liq g`alaba Bekzod Nurmatovga berildi.

Bekzod Nurmatov professional faoliyatidagi navbatdagi musobaqada – aralash kurashlarning MMA yo`nalishi bo`yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi “Batir bashi” IV etno turnirining kamarini bugun, 8 aprel kuni O`zbekistonga olib keladi.


Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

Shou-biznes

SUG'DIYONA